Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S.Djumanova "Guliston" mahallasiga tashrif buyurib, hudud aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglandi, taklif va murojaatlar qabul qilindi.
👥Mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi. Deputat barcha murojaatlar nazoratga olinib, amaliy yechimlar ishlab chiqilishini ta’kidladi.
📈Bunday uchrashuvlar xalq bilan yaqin bo‘lish, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.