Hududlarda sport infratuzilmasi o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari A.Tadjibayev, A.Xudayqulov, O.Toirov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ashirmatov hamda “Madad” NNT vakili S.Eshbekov ishtirokida “Shalola” mahallasida aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun mo‘ljallangan sport inshootlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mavjud sport maydonchalari, ularning foydalanish darajasi, texnik holati hamda hududda qo‘shimcha sport infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlar tahlil qilindi.
Shuningdek, aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Bildirilgan fikrlar asosida hududda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli choralar belgilanishi qayd etildi.