Янгиликлар

Deputat nazorati

 “20-Qoraxtoy”
saylov okrugi hududida profilaktika inspektorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot
davomida ichki ishlar organlari faoliyatiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.
 

  

Jumladan,
hududda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish,
ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish
bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlar tahlil etildi.
 

  

Shuningdek,
aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning
oldini olishga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi
ta’kidlandi.
 

  

Muloqot
yakunida profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, jamoat
xavfsizligini ta’minlash va hududda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash bo‘yicha
tegishli takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 3