O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati A.Buriyev Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari bilan uchrashib, deputatlarni qonunchilikka kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga berilgan takliflar yuzasidan suhbat o‘tkazdi. Bekobod shahar Kengashi deputati J.Kamolxodjayevning taklifi Qonunchilik Palatasida inobatga olinganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan javoblar oldilar.