Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi chaqiriq o‘n to'rtinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
#Korrupsiya_kelajak_zavoli
янв.21
Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar nafaqat yurtimiz, balki butun insoniyat taqdiri uchun muhim ahamiyatga ega..
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-юбилей сессияси умумсиёсий мунозараларидаги нутқи мамлакатимиз учун муҳим тарихий воқеа сифатида катта аҳамиятга эга.
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Kazakova Xo‘jaobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdi...
янв.21
Davlat xizmatlari markazida monitoring o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Payariq tumanida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans – umummilliy say-harakatlarimiz poydevori
янв.21
Yoshlar bilan yuzma-yuz
Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi yalpi majlisidagi nutqi har bir yurtdoshimiz, ayniqsa biz –mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etayotgan ayollar uchun katta ilhom va ishonch manbai bo‘ldi. Prezidentimiz tomonidan ifoda etilgan fikr va g‘oyalar, O‘zbekistonning yangi bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish strategiyasida ayollarning o‘rni qanchalik muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi. 

Davlatimiz rahbari nutqida alohida ta’kidlangan yo‘nalishlardan biri – gender siyosati masalasi bo‘ldi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi, ularning siyosiy jarayonlarda, davlat boshqaruvi va tadbirkorlik sohalaridagi ishtiroki orqali mamlakatimizda demokratik jarayonlar mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning munosib o‘rniga erishishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar e’tiborga loyiq. 

Prezidentimiz tomonidan taklif qilingan tashabbuslar orasida Osiyo xotin-qizlar forumining O‘zbekistonda doimiy ravishda tashkil etilishi g‘oyasi alohida ahamiyatga ega. Bu tashabbus nafaqat mamlakatimizda, balki butun mintaqada xotin-qizlar faolligini oshirish, ularni bilimli, ma’rifatli, mustaqil fikrlovchi va faol jamiyat a’zolariga aylantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ladi. 

Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston sharoitida ayollar nafaqat oila, balki jamiyat va davlat rivojida ham yetakchi kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar soni kundan kunga ortib borayotgani quvonarli hol. Bu boradagi qo‘llab-quvvatlash siyosati, imtiyozlar, grantlar, ta’lim va kasbga o‘qitish dasturlari e’tiborga molikdir. Biz — joylarda faoliyat yuritayotgan ayollar faollari sifatida ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz, boshqalarga namuna bo‘lib, yanada ko‘proq ayollarni tadbirkorlikka jalb etishimiz lozim. 

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, adolat va taraqqiyot — bizning asosiy yo‘nalishimizdir. Mamlakatimiz kelajagi, jamiyatimiz farovonligi, yosh avlodning baxtli hayoti aynan mana shu tamoyillarga tayanadi. Biz, ayollar, ushbu qadriyatlar asosida faoliyat yuritib, O‘zbekistonning ravnaqiga munosib hissa qo‘shishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. 

Prezidentimizning nutqida bayon etilgan har bir so‘z — bizga yangi kuch, g‘ayrat va mas’uliyat bag‘ishladi. Bizning vazifamiz — ana shu ishonchga munosib bo‘lib, davlat siyosatini quyi bo‘g‘inlarda samarali amalga oshirish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, ularning imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilishdan iboratdir. 

Abdirayimov Sarvar Ne’matovich, Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputati

Slide 1 of 1