Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi chaqiriq o‘n to'rtinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
#Korrupsiya_kelajak_zavoli
янв.21
Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar nafaqat yurtimiz, balki butun insoniyat taqdiri uchun muhim ahamiyatga ega..
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-юбилей сессияси умумсиёсий мунозараларидаги нутқи мамлакатимиз учун муҳим тарихий воқеа сифатида катта аҳамиятга эга.
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Kazakova Xo‘jaobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdi...
янв.21
Davlat xizmatlari markazida monitoring o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Payariq tumanida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans – umummilliy say-harakatlarimiz poydevori
янв.21
Yoshlar bilan yuzma-yuz
Munosabat.

Dunyoning turli burchaklaridagi davlatlar uchun yagona diplomatik sahna, jahon miqyosidagi muammolar va yechimlar muhokama etiladigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan turib davlat rahbarining xalqaro nufuzini baholashda uning bildirgan pozisiyasi muhim mezonlardan hisoblanadi.

   Mustaqillikdan keyingi yillarda O‘zbekiston ko‘proq ichki barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga e’tibor qaratgan bo‘lsa, Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan so‘zlagan nutqlari O‘zbekistonning tashqi siyosatda yangi yo‘nalishga o‘tganini yaqqol ko‘rsatdi. 
Mustaqilligimizning dastlabki chorak asrlik davrida rasmiu Toshkent tomonidan ilgari surilgan tashabbuslardan atigi 3 tasi rezolyusiya shaklida tasdiqlangandi.
   Prezident Shavkat Mirziyoyev bundan 8 yil avval 2017 yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlab, unda ilgari surilgan tashabbuslarning mohiyati va keyinchalik ularning barchasi amalga oshirilganligi Mustaqil O‘zbekiston tomonidan xalqaro miqyosdagi global muammolar katta minbarga shunchalik olib chiqilmayotganligidan dalolat beradi. Mamlakatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 2017 yildan keyingi turli sessiyalarida ham muntazam ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2020 yildagi pandemiya sabab onlayn tarzda o‘tgan 75-sessiya, 2021 yildagi 76-sessiya hamda 2023 yilda o‘tkazilgan 78-sessiyada qatnashgan. Shuningdek, O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida ham faol ishtirok etib, global muammolarga yechim topish, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Umuman olganda, so‘nggi yillarda 40 ga yaqin tashabbus taqdim etilgan. Muhimi, bu tashabbuslar faqat bayonot darajasida qolmay, turli dastur, loyiha, tadbir va anjumanlar orqali hayotga tatbiq etildi. Shu davrda rasmiy Toshkent taklifi bilan 13 ta rezolyusiya qabul qilinib, ularning yarmi Markaziy Osiyoga taalluqli bo‘ldi. Xususan, 72-sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoni tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik makoniga aylantirishga qat’iy qaror qilganligi e’lon qilgan edi.  
   2018 yil 19 iyunda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMTda muhim rezolyusiya qabul qilindi. U Markaziy Osiyodagi jarayonlar va mintaqaviy rivojlanishga bag‘ishlangan bo‘lib, ko‘plab BMT a’zo davlatlari muallif sifatida ishtirok etdi. Shu rezolyusiyadan so‘ng BMT qarorgohida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida jipslashuv sezildi. Har qanday yangi tashabbus ilgari surilganda, mintaqa davlatlari bir ovozdan uni qo‘llab-quvvatladi, boshqa mamlakatlarni ham jalb etishda faol yordam berdi.
Bu qaror ijrosini biz o‘tgan 8 yil davomida guvohi bo‘ldik. Strategik maqsadlarga erishildi. Yopiq chegaralar, hal etilmagan bahs va nizolar qolmadi.
   Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy integratsiyani barpo etildi va bugungi kunda “Yangi Markaziy Osiyo” shakllanmoqda. Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyusiya (2020-2021 yillar). Unga muvofiq, xalqaro hamjamiyat Orolbo‘yi uchun qo‘shma sa’y-harakatlarni birlashtirdi.
“Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida bog‘liqlikni mustahkamlash” rezolyusiyasi (2022-yil). Bu hujjatda transport koridorlari yaratish va mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish g‘oyasi ilgari surildi.
“Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasida muloqot kuni” rezolyusiyasi (2024-yil). O‘zbekiston va Xitoy muallifligida ishlab chiqilgan ushbu tashabbusni 80 ga yaqin davlat qo‘llab-quvvatladi. Qarorga ko‘ra, har yili 10 iyun kuni mazkur kun xalqaro miqyosda nishonlanadi.
   Shunday, global darajadagi muammolar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley anjumani – 80-sessiyasida ham ko‘tarildi. Prezidentimiz katta minbarda turib, o‘z nutqlarini “Bugungi yig‘ilishimiz shiddat bilan o‘zgarayotgan murakkab global vaziyatda o‘tmoqda. Bu esa Tashkilotimiz faoliyati va uning kelajagiga yangicha yondashuvlar bilan qarashga chorlamoqda.

   Hozirgi kunda dunyoda xalqaro institutlarning o‘rni va roli zaiflashmoqda, qarama-qarshilik, nizo va urushlar kuchaymoqda, texnologik va ijtimoiy tengsizlik keskin oshmoqda, iqtisodiy va gumanitar inqirozlar ortib bormoqda. Bularning hammasi mutlaqo yangi, xavotirli geosiyosiy voqelikni vujudga keltirmoqda” -deb tashkilot faoliyatiga tanqidiy baho berish bilan boshlashlarining o‘zi bir jasorat. 
   Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga a’zolik huquqi rivojlangan sanoqli davlatlarga berilganligi va ularda “veto” huquqi borligi rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qilishda tashkilotning eng ojiz tomoni bo‘lib qolmoqda.
Shu maqsadda Prezidentimiz O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va uning tarkibini kengaytirish tarafdori ekanligini bildirdilar.
   Ikkinchidan, Bosh Assambleyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy sheriklik va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir rezolyusiyasini qabul qilish taklif etildi.
   Uchinchidan, global va mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun Afg‘on xalqining tinch va osuda hayotga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligi va bu davlatning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, Afg‘onistonda katta iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, bu mamlakat orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha BMT ning alohida rezolyusiyasini qabul qilish taklif etildi.
   To‘rtinchidan, O‘zbekiston Gʻazo sektoridagi tobora keskin yomonlashib borayotgan gumanitar inqirozni, harbiy harakatlarni to‘xtatish, siyosiy muzokaralarni davom ettirish va  BMT rezolyusiyalariga muvofiq,  “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini amalga oshirishning qat’iy tarafdori ekanligi ta’kidlandi.
   Shuningdek, Prezidentimiz o‘z nutqlarida mamlakatimizda barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang holda, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy Yangi O‘zbekistonni barpo etish siyosatini olib borilayotganligi va buning uchun rasmiy Toshkent hech qachon ortga qaytmay islohotlarni izchil davom ettirishi takidlandi.
Davlatimizning ustuvor maqsadi – mamlakatimizda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson qadri va farovonligini oshirishdir.
   So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirishga erishildi. Bunga, avvalo, ta’lim va ilm-fan sohasini o‘zgartirish, innovasion tarmoqlar va texnologik sanoat korxonalarini barpo etish, “yashil” energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kichik biznesni har tomonlama rivojlantirish va natijada millionlab ish o‘rinlari yaratish orqali erishilmoqda.
   O‘tgan 8 yil davomida mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi, yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Eng asosiysi – o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz tomonidan pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etildi.
Shuningdek, mamlakatimizda ilg‘or sog‘liqni saqlash tizimini yaratilmoqda. Buning isboti sifatida 24 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida O‘zbekistonning tashabbusi bilan “Bolalar saratoni va boshqa og‘ir kasalliklarga qarshi kurash”ga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbir o‘tkazildi. 
   Shuningdek, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayoti va tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning rolini mustahkamlash, Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirib, muntazam o‘tkazib borish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.
Prezidentimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley anjumani – 80-sessiyasidagi nutqlarini “Yana bir bor ta’kidlamoqchiman: biz Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida olgan majburiyatlarimizga sodiqmiz. 2030 yilga borib “daromadi o‘rtadan yuqori” bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirishni niyat qilganmiz. Shu maqsadda ochiq va pragmatik siyosatimizni izchil davom ettiramiz” – degan jumlalar bilan yakunladilar.

   Ishonchimiz komilki, davlatimiz rahbari tomonidan avvalgi sessiyalarda ko‘tarilgan global masalalar, dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib, dunyo xalqlarining o‘zaro hamjihatligiga, ayniqsa Markaziy Osiyo xalqlarining o‘zaro ishonchli, yaxshi qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlariga amal qilib, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik makoniga aylanib, yopiq chegaralar ochilib, bahs va nizoli holatlar hal etilib, Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy integratsiyani barpo etilib va bugungi kunda “Yangi Markaziy Osiyo” shakllanayotganidek, butun dunyoda tinchlik davri boshlanishiga turtki bo‘ladi. 

Slide 1 of 1