Qabulda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Laziz Turanov, Xasanboy Mamadaliyev, Narimon Meliqo‘ziyev, tuman prokurori O‘ktamjon Yo‘lchiyev, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Ishankulov, hokim o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilot va muassasalar vakillari ham ishtirok etdi.
Qabul davomida 29 nafar fuqaro tomonidan tibbiy yordam, ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal sohalar va mahalla infratuzilmasini yaxshilash kabi masalalarga oid taklif va murojaatlar bildirildi.
Muammolarning aksariyatiga qabul chog‘ida mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida ijobiy yechim topildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mutasaddi rahbarlarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati