Mustaqillik – bu avvalo erkin hayot, erkin fikr va o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyati demakdir. Ushbu ne’matga erishish uchun xalqimiz o‘tmishda ne-ne sinov va
mashaqqatlarni boshdan kechirmagan. Shu bois, bugungi farovon hayot qadriga yetish va uni asrash har birimiz uchun muqaddas burch sanaladi.
Biz, ustozlar, xususan ta’lim sohasi xodimlari Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, oilaviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etmog‘imiz kerak.
Mustaqillik yillarida yoshlar hayotida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ilm-fan, tadbirkorlik, san’at, barcha sohalarda yoshlar o‘z yutuqlari bilan munosib ishtirok etmoqda va jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida jamiyatda o‘z o‘rnini topmoqdalar. Ayniqsa, xotin-qizlarga nisbatan davlatimiz rahbarining hurmati cheksiz! Yurtboshimizning har bir qaror va farmonlarini yoshlarga, xalqqa yetkazishda ma’naviyat xodimlari, targ‘ibotchilar va deputatlarning zimmasiga juda
katta mas’uliyat yuklangan. Ular nafaqat dunyoviy ilmni, balki milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylab, avlodlarga yetkazishda alohida namuna
ko‘rsatib kelmokdalar.
Biz deputat sifatida, tarbiyachi sifatida va xalq xizmatkori sifatida yosh avlod qalbiga Vatanga sadoqat, tinchlikni qadrlash, milliy g‘urur tuyg‘ularini singdirishimiz kerak. Mustahkam oila, ibratli farzand, pokizalik va halollik – mana shular mustaqilligimizning
tayanchi va kelajagidir.
Yurt tinchligi va farovon hayotning ta’minlanishida kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bizning asosiy vazifamiz hisoblanadi.
Z.ABDULLAYEVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati.