Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi
5-"Vodiy" saylov okrugi deputati Dildoraxon Tolipova Dilshodovna joriy
yilning 15 avgust kuni o‘z okrugi "O‘rikzor" va "Pistamozor"
mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, mahalla
yettiligibilan
uchrashuv o‘tkazdi.
Deputat mahalla fuqarolar
yig‘inidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, parlamentda qabul
qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligini
oshirish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi. Muloqotlar chog‘ida axoli tomonidan
tushgan murojaatlar muammolari yechimi borasida fikrlar almashdi.
Shuningdek, deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning
kundalik axvollari bilan ham tanishdi. Ushbu jarayonda yechimini kutayotgan masalalar
nazoratga olindi xamda sog‘lig‘i borasida
muammasi bor fukarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, ishsiz axolini ish bilan taminlash
maksadida mutasaddi tashkilotlar bilan hal etish choralari ko‘rildi.