Янгиликлар

Deputatlar tibbiyot muassasalari faoliyatini hamda yo‘llar masalasini o‘rgandilar.

 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruhi shahardagi tibbiyot muassasalari faoliyati hamda ularda yaratilgan sharoitlar holatini o‘rgandilar.

Xususan, shahar shifoxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, xalq vakillari shaharda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, avariya holatlarini keskin qisqartirish, tirbandliklarning oldini olish, jamoat transporti tizimini rivojlantirishborasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini ham
o‘rgandilar.

O’rganish jarayonlarida aniqlangan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1