Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna ham o'z saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib o'tildi hamda kelgusidagi rejalar to'g'risida saylovchilarga axborot berildi.
янв.21
Uchrashuv
янв.21
Deputat saylovchilar oldida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
G‘alla o‘rimi yakuniy pallaga kirmoqda
янв.21
Munosabat
янв.21
Murojaatlar tinglanmoqda
янв.21
Munosabat
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olis hududga olib boruvchi yo‘l yangilandi
янв.21
Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi
#munosabat

2025 YIL 16 IYUN KUNI PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV RAISLIGIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR NATIJADORLIGI, HUDUDLARDA ISHLARNING BORISHI, AHOLINI O‘YLANTIRAYOTGAN MASALALARGA YECHIM TOPISH YUZASIDAN O‘TKAZILGAN VIDEOSELEKTOR YIG‘ILISHI TAFSILOTLARI HAM…

Davlatimiz raxbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi xalqimiz uchun yanada katta imkoniyatlar eshigini ochdi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Birgina o‘tgan besh oyda mamlakatimizda sanoat 6,4 foizga o‘sgani, eksport 18 foizga, xorijiy investitsiyalar 46 foizga oshgani, qiymati 3 milliard dollarlik 2,5 mingdan ziyod yangi quvvatlar ishga tushishi tufayli, 2 million 400 ming odam daromadli bo‘lganini aloxida takidlash mumkin.

Bundan tashqari selektorda Toshkent shahri va viloyat markazlarida bo‘sh joylarni topib, yashil hudud, odamlar toza havoga chiqib o‘tiradigan joylar, sport maydonchalari, fontanlarni ko‘paytirishni tashkil qilish masalasi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Oziq-ovqatni ko‘paytirishda eng katta zaxira bo‘lgan 16 million gektar yaylov va 12 million gektar o‘rmon yerlaridan yetarlicha foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Hukumatga bir oyda o‘rmon va yaylov yerlarining qanchasini aholiga oziq-ovqat, ozuqa uchun bo‘lib berishini hisob-kitob qilish hamda yerlarni auksionga chiqarish topshirildi. Darvoqe unutmasligimiz kerak yurtimizda 2025 yil “Atrof muxitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi ortida ham iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash hamda yashil iqtisodiyotga o‘tish uchun ham barcha resurslarimizni tejash, oziq ovqat havfsizligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish kabi turli hil dolzarb bo‘lgan masalalar, maqsadlar yotibdi desak yanglishmagan bo‘lamiz.   

            Yana bir muhim yangilik – ishchan va jozibador muhit yaratish uchun

 1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus berilishi ko‘zda tutilgan. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak endilikda oliy maqsad yo‘lida dadil qadamlar tashlash uchun barcha deputatlar korpuslarining yanada faol bo‘lishi talab etiladi.

 

Xalq Deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardorjon Avazov

  

Slide 1 of 1