Yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi faoliyat boshladi
➡️ “Oydin yo‘l” MFYda yosh tadbirkor K.Djumanbetov tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan barpo etilgan avtomobillarni yuvish shoxobchasi ishga tushdi.
Mazkur loyiha Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-598, 2019-yil 25-dekabr) doirasida investitsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq holda o‘rganildi.
🤝 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich topshirig‘iga ko‘ra, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov tomonidan “Oydin yo‘l” MFYda amalga oshirilgan ushbu loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, loyiha tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgani hamda uni ro‘yobga chiqarishda mahalla hokim yordamchisi A.Raxipov tomonidan ko‘mak ko‘rsatilgani qayd etildi.
🏁 Ushbu loyiha mahallada tadbirkorlik tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish va aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ishlardan biridir.
O'rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.