Obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich topshirig‘iga ko‘ra, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Yoshlar maslahat guruhi” va Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.
🌳 O‘rganish davomida obodonlashtirish yo‘nalishidagi ishlarning tashkil etilishi va bajarilish holati ko‘zdan kechirildi. Hududlarni ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar sifatiga e’tibor qaratildi.
📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar deputat va Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.