Bandlik sari amaliy qadam: oilaning imkoniyatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan “Naymanko‘l” OFYda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
📍 Keyingi manzil — ishsiz fuqaro R.G.ning xonadoni.
Tashrif davomida fuqaro va uning oilasi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini shakllantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Fuqaroning o‘z bandligini yo‘lga qo‘yishi uchun tikuvchilik, turmush o‘rtog‘i uchun esa qurilish sohasida ishlash taklif etildi.
💼 Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagi bo‘lsa, imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
📌 Har bir oilaning sharoiti va imkoniyatlarini inobatga olgan holda bandlik yo‘nalishini belgilash — barqaror daromad manbaini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.