Bandlik va daromad manbalarini kengaytirish yo‘nalishida o‘rganish olib borilmoqda
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan “Naymanko‘l” OFYda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
🐄 O‘rganish davomida ijtimoiy reestrda turgan fuqaro T.M.ning chorvachilik faoliyatini boshlashi uchun 30 million so‘m miqdorida kredit olishiga ko‘maklashilgani qayd etildi.
Ushbu ko‘mak fuqaroga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish, daromad manbaini shakllantirish va kelgusida oilasining moddiy farovonligini oshirish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan.
📋 O‘rganishlar davomida aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar holatiga e’tibor qaratilmoqda.