2-sonli maktab rekonstruksiyasi: ishlar jarayoni o‘rganildi
Avvalroq “Xalqlar do‘stligi” MFY hududidagi 2-sonli maktabni rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan mas’ullar bilan uchrashgan deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna va Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bu gal qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
O‘rganish davomida “Islomboy Reymov” MChJ tomonidan demontaj ishlari yakunlangani, ayni paytda santexnika tizimini o‘rnatish va elektr simlarini tortish ishlari boshlanganligi qayd etildi.
📌 Shuningdek, mas’ullar bilan qurilish ishlarini belgilangan reja asosida amalga oshirish, ishlarning borishini nazorat qilish hamda mavjud vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi.
🔹 Maktab rekonstruksiyasining borishini izchil o‘rganib borish avval aholi va maktab ma’muriyati tomonidan ko‘tarilgan masalaning amalga oshirilishini kuzatish hamda ishlarning belgilangan tartibda olib borilishiga e’tibor qaratishga xizmat qiladi.