2-sonli maktab rekonstruksiyasi boshlanmoqda
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov “Xalqlar do‘stligi” MFY hududidagi 2-sonli maktab rekonstruksiyasi boshlanishi munosabati bilan mas’ullar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda maktabni rekonstruksiya qilish uchun 8 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratilgani qayd etildi.
➡️ Ta’kidlash joizki, bundan avval aholi va maktab ma’muriyati tomonidan ta’lim muassasasini qayta ta’mirlash masalasida deputatga murojaat qilingan edi. Rekonstruksiya ishlarining boshlanishi ushbu murojaatda ko‘tarilgan masalaning amaliy bosqichga o‘tayotganini anglatadi.
🏫 Maktabning rekonstruksiya qilinishi ta’lim muassasasi sharoitlarini yaxshilash va o‘quvchilar uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.