Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI, HUDUDLAR TOZALIGI VA BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATIDA NAMUNAVIY QARORLAR ASOSIDA ISH TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA TIZIMI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
MARKAZIY DEHQON BOZORIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI VA ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: “FERMER XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARNI BEPUL DORI-DARMONLAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TEZ TIBBIY YORDAM AVTOMOBILLARI HARAKATI UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH MASALASIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
🌱 Qoraqalpog‘iston pedagogika texnikumidagi sug‘orish muammosi qayta o‘rganildi

 Qoraqalpog‘iston pedagogika texnikumidagi sug‘orish muammosi qayta o‘rganildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya Kengashi tomonidan Obod makon MFY hududida joylashgan Qoraqalpog‘iston pedagogika texnikumida daraxt va nihollarni sug‘orish muammosi yuzasidan qayta reyd-monitoring tadbiri o‘tkazildi.

🌳 Tadbirda partiya Kengashi raisi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda partiya faollari ishtirok etib, hududdagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari va sug‘orish tizimining bugungi holatini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida texnikum hududidagi 2108 tup daraxt va nihollarni sug‘orish uchun suv yetkazib beruvchi quvur tarmog‘i ta’mirlangani, biroq hozirgi kunga qadar suvning o‘zi hali hududga yetib kelmagani aniqlandi. Natijada daraxt va nihollarni o‘z vaqtida sug‘orish masalasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.

📌 Mazkur muammoni to‘liq bartaraf etish, suv ta’minotini tiklash va hududdagi yashil maydonlarni saqlab qolish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish hamda masalaning ijobiy hal etilishiga erishish bo‘yicha kelishib olindi.

🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi hududlarda ekologik muammolarni o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish va yashil hududlarni asrab-avaylash borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.
 

Slide 1 of 3