Jinoyatchilik profilaktikasi va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 29-sessiyasida kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman prokurorining axboroti tinglandi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida 2026-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
📌 Mazkur masala doirasida mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan ishlar sessiya kun tartibida ko‘rib chiqildi.