Янгиликлар

Tuman Kengashi deputati aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi 46-umumta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda Jarquduq MFY "Mahalla yettiligi", mahalla faollari hamda umumta’lim maktabi direktori ishtirok etdi.

Tuman Kengashi deputati tomonidan mamlakatimiz taraqqiyotining uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi bo‘yicha muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish mexanizmlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Deputat tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar strategiya ijrosini yanada samarali tashkil etish, davlat dasturlarini joylarda sifatli amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4