Янгиликлар

Deputat va maktab hamkorligi

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich tomonidan o‘zi saylangan okrug “Bo‘rsiliq” MFY xududidagi 9-umumiy o‘rta ta`lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida isitish tizimi, sinf xonalari holati, yoqilg‘i ta’minoti hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek tadbir davomida ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda o‘qituvchilarning faoliyati bilan tanishildi. O‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘quvchilarga amaldagi qonunlar, davlat dasturlari va aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi. 

Slide 1 of 4