Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna o`zi saylangan okrugidagi “Oybek” mahallasida joylashgan “Parkent Komfort” va “Mays Blue Fashion” ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan tanishdi. Dastlab korxonada ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning oylik maoshlarini o‘z vaqtida berilishi, mavjud ish o‘rinlari bo‘yicha xotin-qizlar bilan suxbatlashildi. Shundan so‘ng deputat tomonidan korxona ma`sullarining fikr va takliflari tinglandi. Suxbat jarayonida ma`sullar tomonidan “Parkent Komfort” da hozirgi kunda 20 nafar ishchi xodim ishlayotgani aytildi. Shuningdek “Mays Blue Fashion” ishlab chiqarish korxonasida 180 nafar hodim ishlayotgani, ularning asosiy qismi ayol-qizlardan iborat ekanligi ma`lum bo`ldi. Shuningdek deputat korxona direktori bilan yana extiyojmand oilalarning a`zolaridan 5 nafarini ishga qabul qilishga kelishildi.