Bugun, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashida, kotibiyat ish rejasiga muvofiq “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatining samaradorligini o‘rganish va uni yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
⏩ Yig‘ilishda partiyaning hududdagi faoliyati, elektorat manfaatlarini himoya qilish, mahalliy Kengash deputatlarining tashabbuslari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.
⏩ Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Jumladan, partiya dasturiy maqsadlarini hayotga tatbiq etish, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, shuningdek, joylarda dolzarb muammolarni o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashish borasida aniq topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida partiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.