Boyovut tumani "Navro‘z" mahallasida joylashgan 46-maktabda 4-Farhod saylov okrugi deputati Akrom Bo‘tayev, maktab direktori va o‘qituvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔘 Mazkur uchrashuvda maktablarda dual ta’lim tizimini joriy etish, ya’ni o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish hamda tikuvchilik, duradgorlik, sartaroshlik kabi amaliy hunarlarga o‘rgatish xonalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🔘 Ushbu tashabbus o‘quvchilarning nafaqat ta’lim jarayonida, balki kelgusida kasb-hunar egallashida ham muhim ahamiyat kasb etadi.