O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati mahalliy vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi
komissiyasining mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 20-Mustaqillik saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘ulom Xo‘jamqulov o‘z saylov okrugida joylashgan “Beshqo‘ton” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, 2025-yilning ikkinchichi choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berdi. Uchrashuv jarayonida saylovchilarni o‘ylantirib kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Tegishli idora va tashkilotlar vakillarining ishtirokida aksariyat muammolar shu yerning o‘zida hal etilib, mutassadilarga kerakli tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun deputat G‘.Xo‘jamqulov tashabbusi bilan Beshqo‘ton mahallasida 10,5 km ichki tuproq yo‘llar shag‘allashtirildi.