Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

MUNOSABAT “AMALIY BILIM YETISHMASLIGI — BITIRUVCHILAR ISHSIZLIGINING ASOSIY SABABI”

Amaliy bilim va koʻnikma yetishmasligi taʼlim tizimining eng zaif nuqtalaridan biri boʻlib qolmoqda. Teoriya qancha mukammal boʻlmasin, agar yoshlar ish joyida qoʻllanadigan texnologiyalar bilan tanish boʻlmasa, ular mehnat bozorida raqobatbardosh boʻla olmaydi.

Shu bois universitetlar sanoat korxonalari bilan birgalikda zamonaviy oʻquv laboratoriyalari va amaliy tayyorgarlik markazlarini tashkil etishi shart. Bu nafaqat yoshlarni ishga tayyorlaydi, balki ish beruvchilarga ham malakasi toʻliq shakllanadi.

Agar biz amaliy taʼlimga jiddiy eʼtibor qaratsak, yoshlar diplom bilan ishsiz qolmaydi, korxonalar esa tayyor kadrga ega boʻladi.

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati M.Naimova