Bekobod shahrida joylashgan Paxtakor, Do‘stlik va Yoshlar mahallalari fuqarolari ishtirokida 5-sonli umumta’lim maktab hovlisida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi raisi, Xalq deputatlari shahar kengashi deputati D. Vahobjonov, Xalq deputatlari shahar kengashi deputati U. Abdunazarov, shahar hokimligi davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G. Mirzaaxmedova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi xodimi Z. Erkayeva so‘zga chiqib, mustaqillik bayramining o‘rni va ahamiyati, mamlakatimizda keng ko‘lamda olib borilayotgan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari hamda erishilayotgan yutuqlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.