Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

💠 Mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganish, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda dolzarb masalalarni birgalikda hal etish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda mahalla raisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim ishtirok etdi. Hozirgi paytda Hokim yordamchisi, Yoshlar yetakchisi va soliq xodimi vakant bo‘lgani sababli ular o‘rniga mas’ullar bilan fikr almashildi.

💠 Muloqot davomida aholining ichki muammolari, ayniqsa, mahalla infratuzilmasi, yoshlar bandligi, xotin-qizlar masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. Deputat tomonidan ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

❌ Shuningdek, o‘rganishlarda aniqlanishicha, mahalla uchun qurilgan yangi bino belgilangan talablarga to‘liq javob bermagani bois, uni qabul qilish jarayoni kechikmoqda. Shu sababli mahalla vaqtincha 16-maktab yonidagi yordamchi binoda faoliyat yuritib kelmoqda.

Slide 1 of 4