Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“Ayol va jamiyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Ayol va jamiyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona tumani kengashi tomonidan kengash raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bumayram Sobirova tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar, tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi, Tinchlik mahalla faollari hamda aholi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mahalla binosida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy ajrimlar sabablari va ularni kamaytirish yo‘llari, diniy mutaassiblikka qarshi kurash, milliy qadriyatlarimiz bardavomligini ta’minlash, yoshlar tarbiyasi va ayollar bandligi masalalari muhokama etildi.

Davra suhbatida viloyat “Targ‘ibot” guruhi rahbari Sayyora Alimova, tuman Kengashi deputati B.Sobirova ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Suhbat jarayonida mahalla faollari, notinch oilalar vakillari, nuroniy onaxonlar hamda yosh kelinlar ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Slide 1 of 1