Deputatlar A.Aralov va I.Allayarov tomonidan tumandagi 8- sonli DMTT da autsorsing xizmatlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida
✅ ta’lim tashkilotlarida yagona mavsumiy taomnomaga amal qilinganligi:
✅ sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normalari talablariga mos sharoitlar yaratilganligi:
✅ tayyor taomlarning shu kungi taomnomaga har tomonlama mosligi:
✅ taomlarning vazni, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari yagona mavsumiy taomnomaga mosligi:
✅ taom tayyorlashda texnologik kartalardan foydalanayotganligi hamda autsorsing tashkilotlar tomonidan yetqazib berilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarining sifat sertifikatlarining mavjudligiga alohida e’tibor qaratildi.