Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova hamda tuman hokimi oʻrinbosari oila va xotin- qizlar boʻlimi boshligʻi Y.Oʻroqova,tuman bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.Hakimovalar ishtirok etishdi.

Tumandagi A.Temur mahallasida "Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish”, "Milliy libos maʼnaviyat koʻzgusi", “Radikallashuv, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishning oldini olish, noqonuniy hujralarda diniy taʼlim olish va uning salbiy oqibatlari haqida”, “Kiyinish madaniyati”, erta nikoh hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi haqida maʼnaviy maʼrifiy targʻibot tadbiri, davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari oila va xotin- qizlar boʻlimi boshligʻi Y.Oʻroqova, tuman kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, tuman bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.Hakimova, tuman "Oqila ayollar harakati" rahbari N.Nurmatova, xotin -qizlar faoli G.Abdullayeva hamda mahalla otinoyi va oqila ayollar ishtirok etib, mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar almashishdi.

Slide 1 of 4