Yangihayot mahallasida “Obod xonadon, obod mahalla” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Yangihayot mahallasida xotin-qizlar faoli tashabbusi bilan mahallada oila munosabatlari, kiyinish madaniyati, erta nikoh hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi haqida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oqdaryo tuman bo'linmasi rahbari D.Yusupova, tuman targ‘ibot guruhi rahbari D.Adilova, tuman bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Hakimovalar ishtirok etib, mahalladagi xotin-qizlar va nuroniy Hoji onalar bilan davra suhbati olib borishdi, tadbirdavomida xonadon gigiyenasi, obodonlashtirish ishlarini qanday tartibda amalga oshirish borasida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.