Uchrashuv avvalida deputat o‘zining ikkinchi chorakdagi faoliyati yuzasidan axborot berdi. Shundan so‘ng, mahalladagi mavjud muammolar yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi va joyida tahlil qilindi.
Aholi tomonidan ko‘tarilgan asosiy muammolar:
– Uylar atrofidagi daraxtlarning ortiqcha o‘sib ketgani;
– Bolalar maydonchalarining yaroqsiz holati;
– Moddiy va texnik yordam olish imkoniyatlari;
– Mahallani xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasining faoliyatidan norozilik.
Uchrashuv davomida deputat yoshlarga alohida e’tibor qaratib, ularning ma’naviy-ma’rifiy rivoji haqida so‘z yuritdi. Bir nechta faol yoshlar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, ularning rejalariga qo‘llab-quvvatlov bildirildi. Bildirilgan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi