Qiziltepa tumani hokimligi binosida "Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Q. Tursunov, Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri J. Hamrayev, viloyat va tumanlar kengashlari vakillari, deputatlar ishtirok etishdi.
Seminarda 3 ta sessiyada davom etib, unda ma’ruzachilar 15 ga yaqin mavzularda ma’ruza qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan 2025 yilning birinchi yarim yilligida har bir hududda bittadan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish, ikkinchi yarim yillikda esa ushbu tajribani boshqa mahalliy Kengashlar faoliyatiga tatbiq etish choralarini ko‘rish belgilangan edi.
Navoiy viloyatidan xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi namunali Kengash sifatida tanlab olingan.