2025-yil 10-iyul kuni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 7-Xisorak saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan Parkent tumani 49-sonli umumta`lim maktabi majlislar zalida o`z saylovchlariga joriy yil 2-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Deputat tomonidan aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi, qonunchilikdagi yangiliklar haqida aholiga axborot berildi. Tadbir yakunida aholining murojaatlari tinglanib, mahalla faollari bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.