"Aholiga
qulay tabiiy muhit yaratish"
🔹 Joriy yilning 15 iyul kuni Oltinko‘l tumanidagi 51-umumta’lim
maktabida Xalq deputatlari tuman Kengashi “Chaqqon” okrugi deputati X.Rayimjonov
tomonidan 11 iyul – Butunjahon aholi kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.
🔹 O‘tkazilgan tadbir davomida, tuman aholisiga oid bir qator
statistik ma’lumotlar bilan birga fuqarolarning qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, yurtimizdagi tabiiy resurslardan
oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.