Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va ijtimoiy faollikni kuchaytirish maqsadida joylarda “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri G'oyib ota mahallasida tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati
L. Djamalova ham ishtirok etdi. Tadbir mahalla faollari, yoshlar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari belgilangan yo‘nalish bo‘ylab yurib, sog‘lom turmush sari o‘z ilk qadamini qo‘yishdi. Yurish so‘ngida faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi, mahalla ahli esa bunday tadbirlar tez-tez o‘tkazilishi zarurligini ta’kidladi.