Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sog‘lom bola – yurt kelajagi

 "Adolat" SDP Bekobod shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari shahar kengashi deputati G.Sharipova tomonidan partiyaning Saylovoldi dasturidan kelib chiqqan holda tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida jami 295 nafar bolajonlar bo‘lib, shulardan barchasi to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ikkilamchi tekshiruv jarayonida 9 nafar bolajonlarda terapevtik, jarrohlik, stomatologik, lor va ko‘z kasalliklariga oid kasalliklar aniqlanib, mutaxassislar tomonidan davolanishi uchun kerakli tibbiy maslahatlar berildi.  

Slide 1 of 1