Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #yoshlar_maslahat_guruhi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki ko‘rib chiqish va muhokama etish maqsadida tegishli doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiyev, Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, ekspertlar guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari, shuningdek, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan biri — Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Oltinsoy tuman Kengashi deputatlik guruhi tomonidan tumanda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta'minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarorinining ijrosi yuzasidan hisoboti eshitildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli fikr va takliflar umumlashtirilib, ularni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5