Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#Kengash_raisi #Deputat_sifatida #Mingchinor #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Mingchinor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilayotgan obodonlashtirish hamda qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Xususan, deputatlik nazorati doirasida mahalla kirish qismida yangi zamonaviy arka o‘rnatilishi va uning atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish jarayonlari atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mas’ullarga hududning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan ushbu inshoot atrofida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3