2026-yil sentabr oyi davomida Davlat dasturi asosida quyidagi mahallalarda ichimlik suvi tarmoqlari yotqizildi:
Namuna mahallasi — 2,157 km;
*Nurli hayot mahallasi — 3,6 km;
Navro‘z mahallasi — 1,06 km.
Natijada jami 73 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Shuningdek, tuman markazida ichimlik suvi ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash maqsadida quyidagi ishlar bajarildi:
Beruniy mahallasida — 860 metr;
Oqtepa mahallasida — 2 670 metr;
Hurriyat mahallasi Xumo ko‘chasida — 1 300 metr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari rekonstruksiya qilindi.
Sohil bo‘yi ko‘chasida esa 400 metr uzunlikda yangi ichimlik suvi tarmog‘i yotqizildi.