Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

DEPUTATLIK NAZORATI: UMUMIY OVQATLANISH SHОXOBCHALARIDAGI HOLAT O‘RGANILDI

DEPUTATLIK NAZORATI: UMUMIY OVQATLANISH SHОXOBCHALARIDAGI HOLAT O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan Guzalkent hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, taom tayyorlash va saqlash sharoitlari, shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.
💳 Shuningdek, mijozlardan xizmat haqi uchun qo‘shimcha foiz undirilishi holatlari ham o‘rganilib, iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi masalasiga e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga amaldagi talab va qoidalarga rioya etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda iste’molchilar uchun ochiq va tushunarli hisob-kitoblarni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Deputatlik nazorati — aholi manfaatlarini himoya qilish va hududdagi xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! 

Slide 1 of 1