Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH

24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🔎 Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva tomonidan Buyuk Turon MFY hududida joylashgan 124-sonli umumta’lim maktabining yangi binosidagi holat o‘rganildi.
💧 O‘rganish davomida maktabning yangi binosida suv aylanish tizimida nosozlik mavjudligi aniqlandi.
⚠️ Mazkur muammoni bartaraf etish, tizimni to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish va ta’lim muassasasida zarur sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📌 Aniqlangan holat sessiyaoldi o‘rganishlari doirasida nazoratga olinib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantiriladi.

Slide 1 of 1