Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputat Egamberdiyev Abror Ergashovich tomonidan hududdagi aholi muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ushbu o‘rganishlar davomida Sayrak mahallasida joylashgan aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlovchi suv nasoslarini tozalash hamda zovur va kanallarning loy bosib qolgan qismlarini maxsus texnikalar yordamida qazib, tozalash ishlari olib borilmoqda. Bu orqali aholi tomorqalarini o‘z vaqtida va uzluksiz sug‘orish imkoniyati yaratilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7