#yoshlar_maslahat_guruhi
📢 Yoshlar maslahat guruhi faoliyati: yoshlar manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
🏛 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy davrda qator amaliy ishlar olib borildi.
✅ Amalga oshirilgan asosiy ishlar:
🔹 Hududlardagi yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar shakllantirildi.
🔹 Yoshlar bandligi, tadbirkorligi, ta’lim olishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan tahliliy o‘rganishlar olib borildi.
🔹 Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda yoshlarga oid masalalar yuzasidan o‘rganishlarda faol ishtirok etildi.
🔹 Yoshlar manfaatlariga daxldor qaror loyihalari va hududiy dasturlar yuzasidan takliflar tayyorlandi hamda muhokamalarda ishtirok etildi.
🔹 Yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning tashabbus va g‘oyalari qo‘llab-quvvatlandi.
🔹 Yoshlar o‘rtasida qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🔹 Ekologiyani asrash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarida faol ishtirok etildi.
🔹 Deputatlar va yoshlar uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashilib, dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
🔹 Iqtidorli, tashabbuskor va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
🔹 Yoshlar masalalariga oid davlat dasturlari va "Yo‘l xaritalari" ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratida ishtirok etildi.
🤝 Yoshlar maslahat guruhi bundan buyon ham yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy Kengash faoliyatida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlarni izchil davom ettiradi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz