35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#19¹_modda #Deputat_faoliyati #Okrugda_o‘rganish

Oltinsoy tumanida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 36-“Katta Vaxshivor” saylov okrugidan saylangan deputati A.Oripov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sunatullo O‘ktamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi I.Roziqov ishtirokida joyiga chiqqan holda navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-sonli qarori ijrosi atroficha ko‘rib chiqildi.

Loyiha maqsadi: "Tog‘ay Murod" hamda "Karsagan" mahallalaridagi aholi tomorqa suv ta’minotini yaxshilash nazarda tutilgan.

Amalga oshirilayotgan ishlar: "Tog‘ay Murod" mahallasida joylashgan suv nasosiga 300 kVt quvvatga ega zamonaviy quyosh panellarini o‘rnatish va obyekt infratuzilmasini barpo etish loyihasi ko‘zdan kechirildi.

Kutilayotgan natija: Ushbu loyihaning to‘liq ishga tushirilishi natijasida hududdagi 280 ta xonadon tomorqasini obihayot bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

Deputat va mutaxassislar ob’yekt pasporti, qurilish-montaj ishlarining borishi hamda quyosh panellarining o‘rnatilish sifatini bevosita joyida o‘rganildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5