35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#24_ta_masala #Deputat_daftari #Murojaat_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tomonidan “Olmazor” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan suyultirilgan gaz ballonlarining belgilangan muddatlarda yetkazib berilmayotgani bilan bog‘liq muammo aniqlandi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, muammoni bartaraf etish va aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Murojaat ijrosi va ko‘rilayotgan choralar deputatlik nazoratida.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5