Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Musurmon Xujanov tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Muminovga deputat so‘rovi yubordi.
So‘rovda Chep mahallasi hududidagi (Hazarbog‘ kanali ko‘prigi yaqinida) Jobu va Mo‘minqul mahallalariga boruvchi chorrahada o‘rnatilgan svetofor bir oydan buyon ishlamayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Bu holat poyada va haydovchilar uchun xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda.
Deputat ushbu svetofor nosozligini zudlik bilan bartaraf etish, ta’mirlash yoki almashtirish choralarini ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yozma axborot berishni so‘ragan.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram