“Mustaqillik” mahallasidagi tibbiyot punktida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev o‘z saylov okrugi hududidagi “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, mahalladagi tibbiyot punktida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining borishi, tibbiyot punkti uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash hamda tibbiyot punktining faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram