35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“Zarobod” mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati

“Zarobod” mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi “Zarobod” mahallasida bo‘lib, ichki ko‘chalarda amalga oshirilgan asfaltlash ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida asfaltlangan ko‘chalarning holati ko‘zdan kechirilib, mahalla aholisi bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida fuqarolarning yo‘l infratuzilmasi, obodonlashtirish va hududdagi mavjud masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3